Hurmatli foydalanauvchilar! Web sayt test rejimida ishlamoqda!

Qisqa savol-javoblar

  1. Muallif – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
  2. Huquq egasi – mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar ob’ektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar;
  3. Fonogramma – biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno;
  4. Fonogramma nusxasi – har qanday moddiy jismdagi, fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammada qayd etilgan ovozlarning hammasini yoxud bir qismini qamrab olgan fonogramma ko‘chirmasi;
  5. Fonogrammani tayyorlovchi – ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi ovozli yozuvi uchun tashabbus va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
  6. Ijrochi – aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, kuylaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, raqsga tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini) o‘zgacha tarzda ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
  7. Asarni omma oldida namoyish etish – asarning asl nusxasi yoki nusxasini bevosita yoxud plyonka, diapozitiv, televizion kadr yordamida yoki biron-bir boshqa texnika vositalari orqali ekranda ko‘rsatish, shuningdek audiovizual asarning ayrim kadrlarini ularning ketma-ketligiga rioya etmasdan omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a’zolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo‘lgan joyda ko‘rsatish.