Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanadi:
- adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
- drama va ssenariy asarlari;
- matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
- musiqali drama asarlari;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari;
- manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
- arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
- fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar;
- jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
- barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang‘ich matn hamda ob’ekt kodida ifodalanishi mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
Shuni alohida qayd etish lozimki, mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.