2018 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik gonorari to‘lashni qonuniy asosda ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishligi va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olishligi belgilangan.